Yuk tashish xizmatlari
Navoiy xalqaro aeroportining Cargo terminali xalqaro standartlarga muvofiq import, eksport va tranzit yuklarini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va jo‘natish bo‘yicha kompleks xizmatlarni taqdim etadi. Zamonaviy infratuzilma, multimodal logistika imkoniyatlari va malakali mutaxassislar barcha turdagi yuklarga tezkor, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlaydi.
Cargo terminali xizmatlari
- Import, eksport va tranzit yuklarini qayta ishlash;
- Yuklarni sertifikatlash va deklaratsiyalash xizmatlari;
- Tezkor (ekspress) yuklarni qayta ishlash;
- Yuklarni vaqtincha saqlash va jo‘natishga tayyorlash (Ready-to-Go);
- Yuklarni avtomobil transportiga ortish va tushirish;
- Xavfli yuklarni saqlash va qayta ishlash;
- Tez buziluvchi yuklarni sovutish kameralarida saqlash;
- Muzlatilgan mahsulotlarni maxsus muzlatish kameralarida saqlash;
- Qimmatbaho yuklarni maxsus xonalarda saqlash;
- Tirik hayvonlar uchun karantin xizmati;
- Havo kemalari ehtiyot qismlarini saqlash;
- Bojxona ombori xizmatlari;
- Bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona postlari xizmatlari.
Yer usti xizmatlari
Cargo terminalining yer usti xizmatlari barcha turdagi yuk havo kemalariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Texnik xizmat ko‘rsatish vaqti
- Boeing 747 Freighter (B747F) – 80 daqiqa;
- Airbus A300 Freighter (A300F) – 60 daqiqa.
To‘liq yuklash va tushirish vaqti
- Boeing 747 Freighter (B747F) – 120 daqiqa;
- Airbus A300 Freighter (A300F) – 90 daqiqa.
Xizmat ko‘rsatishning afzalliklari
- Zamonaviy multimodal logistika infratuzilmasi;
- Havo, temir yo‘l va avtomobil transporti integratsiyasi;
- Raqobatbardosh xizmatlar;
- Malakali va tajribali mutaxassislar;
- Xalqaro standartlarga muvofiq yuklarni qayta ishlash;
- Tezkor va xavfsiz logistika yechimlari.
