“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ aerovokzal majmuasi va ma’muriyat binolarida yo‘lovchilar va yuk qabul qiluvchilar uchun bepul Wi Fi tarmog‘i mavjud. Tarmoqqa ulanish uchun “AIRPORT FREE WIFI” tanlanadi va tegishli oynaga qo‘l telefon raqamingizni kiritishingiz lozim bo‘ladi. Kiritilgan telefon raqami yoningizda bo‘lishi talab etiladi. Kiritilgan raqamga SMS orqali kelgan bir martalik kod tegishli kataklarga kiritish orqali internetga ulaniladi.
