Navoi International Airports

Onlayn va aeroportning o'zida ro'yxatdan o'tish tartibi:

- onlayn ro'yxatdan o'tish aviakompaniya saytlarida ularning talablari bo'yicha amalga oshiriladi;

- aeroportning o'zida ro'yxatdan o'tish 6 ta ro'yxatdan o'tish ustunlarida amalga oshiriladi. Bunda yo'lovchi, shaxsiy yuki, passport, chipta hamda uchayotgan davlatning talablari asosida viza bilan kelishi shart.

- mahalliy parvozlar uchun ro'yxatdan o'tish uchish vaqtidan 2 soat oldin boshlanadi va 30 daqiqa qolganda yopiladi. Xalqaro parvozlar uchun ro'yxatdan o'tish uchish vaqtidan 3 soat avval boshlanadi va 40 daqiqa qolganda yopiladi.

- biznes va ekonom klass yo'lovchilari uchun alohida - CIP va umumiy xizmatlar mavjud.