Navoi International Airport

Korrupsiyaga qarshi kurash — doimiy e’tiborda!

Navoiy xalqaro aeroportida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini tushuntirish hamda xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashga keng jalb etish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbirlar davomida xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish muhimligi tushuntirilmoqda.

Har bir xodimning korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki — halol, shaffof va adolatli mehnat muhitini shakllantirishning muhim qismidir.

Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy vazifa!