Yangiliklar

Yoşlar taşabbusi — aviatsiya kelajagi sari muhim qadam

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Termiz şahrida “Aeroport yoşlari — bir maqsad uçun birlaşaylik” dasturi doirasida “Uzbekistan Airports” rahbariyatining yoş mutaxassislar bilan oçiq uçraşuvi bölib ötdi.

Mazkur uçraşuvda mamlakatning turli aeroportlaridan taşrif buyurgan yoş xodimlar öz taşabbuslari, innovatsion ğoyalari hamda aeroport faoliyatini yanada takomillaştirişga qaratilgan loyihalari bilan iştirok etdi.

Navoiy xalqaro aeroporti vakillari ham uşbu platformada faol qatnaşib, sohani rivojlantiriş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş va zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş böyiça öz takliflarini taqdim etdi.

Uçraşuv davomida yoşlarning taşabbuskorligi, kreativ fikrlaşi va kasbiy salohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday muloqotlar aviatsiya sohasida tajriba almaşiş, hamkorlikni mustahkamlaş hamda kelajak liderlarini qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy xalqaro aeroporti yoşlarining faol iştiroki va intilişlari kelgusidagi yirik loyihalar uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.