Yangiliklar

“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA

2026-yil 17–18-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaning aviatsiya xizmatlari sohasida dunyoda yetakçi kompaniyalardan biri — “Menzies Aviation” mutaxassislari Navoiy xalqaro aeroportiga taşrif buyurdi.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad aeroport bilan istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlarini örganiş va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişdan iborat böldi.

Taşrif davomida kompaniya vakillari aeroportning yonilği quyiş majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanişib, aviatsiya yonilğisini qabul qiliş, saqlaş va havo kemalariga quyiş jarayonlarini atrofliça örgandilar. Şuningdek, mavjud meʼyoriy hujjatlar, taşkiliy tuzilma hamda işlab çiqariş jarayonlarining JIG (Joint Inspection Group) xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil va örganiş işlari olib borildi.

Taşrif yakunida “Menzies Aviation” mutaxassislari örganiş natijalari asosida tayyorlanadigan yakuniy hisobot yaqin kunlarda Navoiy xalqaro aeroporti rahbariyatiga taqdim etilişini bildirdilar.

Mazkur taşrif aeroportning xalqaro aviatsiya xizmatlari bozoridagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, yonilği taʼminoti tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA · 1“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA · 2“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA · 3“MENZIES AVIATION” MUTAXASSISLARI NAVOIY AEROPORTIDA · 4