Safarga tayyorgarlik

Safarga tayyorgarlik

Safar oldi tavsiyalar

  1. Safar sanasi va yo‘nalishni aniqlang.
  2. Boradigan davlatingiz uchun (agar talab etilsa) viza olish tartibini o‘rganing va tegishli vizani rasmiylashtiring.
  3. Safardan qaytguningizcha pasport va boshqa hujjatlaringizning amal qilish muddati tugamasligiga ishonch hosil qiling.
  4. Zarur hollarda tibbiy sug‘urta rasmiylashtiring.
  5. Aviakompaniyalar va tariflarni solishtiring.
  6. Qulay reys va tarifni tanlang.
  7. Chipta xarid qilishdan oldin shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ri kiritilganligiga e’tibor bering, safar sanasi va yo‘nalish to‘g‘riligini tekshiring.
  8. To‘lovni amalga oshiring va elektron chiptani saqlab qo‘ying.
  9. Aviakompaniya tomonidan yuborilgan xabarlar va yangiliklarni kuzatib boring.
  10. Safarga chiqishdan oldin kerakli barcha narsalarni tekshirib chiqing va vaqtida aeroportga yetib boring.