Biz haqimizda

Biz haqimizda

Navoiy xalqaro aeroporti

Umumiy maʼlumot

Navoiy xalqaro aeroporti (IATA: NVI, ICAO: UZSA) Özbekistonning eng muhim aviatsiya va logistika markazlaridan biri hisoblanadi. Aeroport mamlakatning markaziy qismida joylaşgan bölib, Yevropa va Osiyoni boğlovçi asosiy transport yölaklari kesişgan nuqtada faoliyat yuritadi. Strategik geografik joylaşuvi tufayli aeroport xalqaro yuk taşuvlari, tranzit operatsiyalari va multimodal logistika xizmatlarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarix va rivojlaniş

Aeroport 1962-yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng istiqbolli multimodal logistika markazlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

1992-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi taşkil etilişi bilan aeroportga xalqaro maqom berildi. Şu yildan boşlab Navoiy xalqaro aeroporti mamlakatning xalqaro havo transporti tizimining muhim böğinlaridan biriga aylandi.

2006–2007-yillarda aeroportda keng kölamli rekonstruksiya va modernizatsiya işlari amalga oşirildi. Aerodrom majmuasi, uçiş-qöniş yölagi va taksi yölaklari töliq yangilanib, zamonaviy yoritiş tizimlari hamda yangi havo harakatini boşqariş minorasi foydalanişga topşirildi. Mazkur yangilanişlar aeroportning xavfsizlik va ekspluatatsion imkoniyatlarini sezilarli darajada oşirdi.

2007-yilda “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi va Korean Air aviakompaniyasi örtasida konsalting xizmatlari körsatiş böyiça hamkorlik kelişuvi imzolandi. Uşbu hamkorlik aeroportni Markaziy Osiyodagi yirik logistika xabiga aylantiriş yölidagi muhim qadam böldi. Rivojlaniş dasturi doirasida zamonaviy logistika infratuzilmasi yaratildi va xalqaro standartlarga mos boşqaruv tizimlari joriy etildi.

2010-yil 12-avgustda yiliga 100 ming tonnagaça yuk qabul qiliş va qayta işlaş imkoniyatiga ega bölgan zamonaviy havo yuk terminali foydalanişga topşirildi. Şuningdek, Boeing 747-400 kabi yirik havo kemalariga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega perronlar, qöşimça aviatsiya yoqilğisi saqlaş majmualari hamda logistika infratuzilmasi barpo etildi. Natijada aeroport xalqaro yuk taşuvlari bozorida öz mavqeini mustahkamladi.

Keyingi yillarda Navoiy xalqaro aeroporti orqali Yevropa, Osiyo va Yaqin Şarq davlatlariga muntazam yuk taşuvlari yölga qöyildi. Aeroport xalqaro logistika zanjirining muhim böğini sifatida eksport-import operatsiyalari va tranzit taşuvlar hajmining ortişiga xizmat qilmoqda.

2018-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5584-son Farmoniga muvofiq mamlakat aeroportlarini boşqariş maqsadida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati taşkil etildi va Navoiy xalqaro aeroporti uşbu kompaniya tarkibiga kiritildi.

2024-yil 12-dekabrdagi PQ-430-sonli Prezident qaroriga muvofiq aeroportning yuk terminalini xususiy sektor boşqaruviga beriş hamda Zarafşon aeroporti faoliyatini Navoiy xalqaro aeroporti filiali sifatida qayta tiklaş böyiça muhim vazifalar belgilandi. Uşbu qaror aeroportning logistika imkoniyatlarini kengaytiriş va hududiy aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab berdi.

2026-yil 9-fevralda qabul qilingan PQ-50-sonli Prezident qarori asosida Navoiy xalqaro aeroportini havo, temir yöl va avtomobil transporti yönalişlarini birlaştiruvçi xalqaro multimodal logistika xabiga aylantiriş böyiça keng kölamli islohotlar boşlandi. Mazkur qaror aeroportning eksport va tranzit salohiyatini yanada oşiriş, yangi logistika quvvatlarini yaratiş hamda mahalliy va xorijiy aviataşuvçilar uçun qulay şaroitlar şakllantirişga qaratilgan.

Belgilangan rivojlaniş dasturlariga muvofiq, 2030-yilga qadar aeroportda amalga oşiriladigan parvozlar sonini yiliga 7 mingtagaça yetkaziş, yölovçi taşiş hajmini 150 ming nafarga hamda yuk taşiş hajmini 45 ming tonnagaça oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, havo kemalariga texnik xizmat körsatiş, taʼmirlaş va böyaş markazini taşkil etiş, yangi yuk terminalini quriş, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantiriş hamda erkin bojxona va logistika zonalarini yaratiş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.

Bugungi kunda Navoiy xalqaro aeroporti zamonaviy infratuzilma, yuqori darajadagi xizmatlar va qulay geografik joylaşuvni özida mujassam etgan holda Özbekistonning transport-logistika salohiyatini rivojlantirişga munosib hissa qöşmoqda. Aeroportning izçil rivojlanişi mamlakatning xalqaro transport yölaklaridagi örnini mustahkamlaş, investitsiyalarni jalb etiş va global logistika tarmoqlariga integratsiyalaşuvini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.

2026-yilgi rivojlaniş rejalari va maqsadli körsatkiçlar PQ-50 qarori asosida kiritilgan.

Strategik joylaşuv va texnik imkoniyatlar

Aeroport Yevropa va Osiyoning yirik logistika markazlariga çiqiş imkonini beruvçi asosiy xalqaro havo yönalişlari kesişgan nuqtada joylaşgan bölib, temir yöl, avtomobil va havo transporti tarmoqlarini birlaştiruvçi muhim multimodal logistika markazi hisoblanadi.

Geografik joylaşuv

Koordinatalar: 40°07′ şimoliy kenglik, 65°10′ şarqiy uzunlik

Masofalar:

  • Navoiy şahri – 18 km
  • Buxoro şahri – 105 km
  • Samarqand şahri – 170 km

Aerodrom tavsifi

Navoiy xalqaro aeroportining uçiş-qöniş yölagi 4 000 × 45 metr ölçamga ega bölib, beton qoplama bilan jihozlangan. Yölakning mustahkamlik körsatkiçi PCN 62 R/A/X/T ni taşkil etadi, bu esa aeroportga oğir yuk va uzoq masofalarga parvoz qiluvçi zamonaviy havo kemalarini qabul qiliş imkonini beradi.

Infratuzilma

Aeroport infratuzilmasi quyidagilarni öz içiga oladi:

  • 2 ta perron (rampa);
  • 7 ta rul yölagi (taxiway);
  • 12 ta havo kemalari turar joyi;
  • zamonaviy yuk terminali;
  • aviatsiya yoqilğisi saqlaş majmualari;
  • xalqaro standartlarga mos havo harakatini boşqariş tizimi.

Navigatsiya uskunalari

Parvozlar xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlaş maqsadida aeroport quyidagi zamonaviy aeronavigatsiya vositalari bilan jihozlangan:

  • VOR/DME;
  • NDB;
  • ILS CAT II (07 yönalişi);
  • ILS CAT II (25 yönalişi).

Mazkur texnik imkoniyatlar Navoiy xalqaro aeroportiga turli ob-havo şaroitlarida ham xalqaro standartlar asosida havo kemalarini qabul qiliş va kuzatib qöyiş imkonini beradi.

Kelajak istiqbollari

Belgilangan rivojlaniş dasturlariga muvofiq, 2030-yilga qadar aeroportda amalga oşiriladigan parvozlar sonini yiliga 7 mingtagaça yetkaziş, yölovçi taşiş hajmini 150 ming nafarga va yuk taşiş hajmini 45 ming tonnagaça oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, havo kemalariga texnik xizmat körsatiş, taʼmirlaş va böyaş markazini taşkil etiş, yangi yuk terminalini quriş, “Porto Franko” erkin bojxona zonasini hamda zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Bugungi kunda Navoiy xalqaro aeroporti zamonaviy infratuzilma, qulay geografik joylaşuv va xalqaro standartlarga mos xizmatlari bilan Özbekistonning transport-logistika salohiyatini rivojlantirişga xizmat qilayotgan yirik strategik markaz hisoblanadi.