CIP xizmatlari

Navoiy xalqaro aeroportining CIP zali yölovçilarga qulaylik, tezkorlik va yuqori darajadagi xizmat körsatişni taʼminlaydi. CIP xizmati aeroportdagi rasmiy tartib-taomillarni alohida va qulay şaroitda amalga oşiriş hamda parvoz oldidan yoki parvozdan söng yoqimli kutiş muhitini yaratişga xizmat qiladi.
CIP xizmatiga nimalar kiradi?
CIP xizmatidan foydalangan yölovçilarga quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:
- Aviatsiya xavfsizligi nazoratidan alohida yölak orqali ötiş;
- Bojxona nazoratidan alohida tartibda ötiş;
- Çegara nazoratidan alohida yölak orqali ötiş;
- Samolyotga alohida çiqiş yölagidan foydalaniş;
- Zamonaviy va qulay CIP zalidan foydalaniş;
- Yumşoq mebellar bilan jihozlangan dam oliş hududi;
- Çoy va qahva;
- Salqin içimliklar;
- Quritilgan mevalar va yengil tamaddilar.
CIP zalining afzalliklari
- Tezkor va qulay rasmiylaştiriş jarayoni;
- Şinam va osoyişta kutiş muhiti;
- Professional xizmat körsatiş;
- Yuqori darajadagi qulaylik va maxfiylik;
- Parvoz oldidan va parvozdan keyin vaqtni samarali ötkaziş imkoniyati.
Xizmat narxlari
| Tarif | Uçib ketiş | Uçib keliş |
|---|---|---|
| Norezident aviakompaniyalari, xususiy taşkilotlar va byudjet taşkilotlari uçun | 448 000 söm | 366 000 söm |
| Rezident aviakompaniyalari va jismoniy şaxslar uçun | 336 000 söm | 224 000 söm |
Barça narxlar QQS bilan körsatilgan.
