Valyuta ayirboshlash va to‘lov

Valyuta ayirboshlash va to‘lov

Safar uchun to‘lov usullarini oldindan tayyorlang. Chet elda kartadan foydalanish imkoniyati bank, to‘lov tizimi va boradigan davlatga bog‘liq.

Safarga tayyorgarlik

  • Bankdan xalqaro to‘lovlar, komissiyalar va limitlarni aniqlang.
  • Valyuta ayirboshlashda kurs va komissiyadan keyingi yakuniy summani solishtiring; kvitansiyani saqlang.
  • Karta, PIN-kod va operatsiyani tasdiqlash kodlarini begonalarga bermang.

Terminalda ayirboshlash shoxobchasi yoki bankomat mavjudligi, ish vaqti va valyutalarni kelishdan oldin aniqlang. Naqd pul olib o‘tish qoidalarini bojxona xizmatidan tekshiring.