
Gonkongda muhim hamkorlik kelişuvi imzolandi
Naşr qilingan sana
Gonkongda muhim hamkorlik kelişuvi imzolandi
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda «Navoiy xalqaro aeroporti» MÇJ vakillaridan iborat delegatsiya amaliy taşrif bilan bölib turibdi.
18-noyabr kuni JDB Group Limited kompaniyasi rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvlar doirasida muhim kelişuvga erişildi. Xususan, JDB Group tarkibiga kiruvçi Harvest Epoç Strategic (International) Investment Limited kompaniyasi bilan özaro tijoriy hamkorlik töğrisida ikki tomonlama kelişuv imzolandi.
Mazkur hujjat Navoiy xalqaro aeroportining transport-logistika salohiyatini yanada oşiriş, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş hamda istiqbolli investitsiyaviy va tijoriy loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Uşbu kelişuv Navoiy xalqaro aeroportini mintaqaviy logistika markazi sifatida rivojlantiriş, uning xalqaro transport yölaklaridagi örni va raqobatbardoşligini mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.




