Yangiliklar

Xitoy kompaniyasi delegatsiyasi Navoiy xalqaro aeroportiga taşrif buyurdi

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida aeroport direktori Alişer Kliçev Xitoyning Wanjun International Supply Chain (Qingdao) Co., Ltd. kompaniyasi Direktorlar kengaşi raisi Sun Wenzheng boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Navoiy xalqaro aeroportining logistika va yuk taşiş salohiyati, multimodal transport infratuzilmasining imkoniyatlari, xalqaro tranzit yönalişlarini rivojlantiriş istiqbollari hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Xitoy kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroporti hududida transçegaraviy Supply Chain sanoat parkini taşkil etiş böyiça investitsiya taklifini taqdim etdi. Taklifga köra, loyiha 20 gektar maydonda 20 million AQŞ dollari miqdoridagi investitsiyani öz içiga oladi.

Mazkur taşabbus eksport-import operatsiyalarini rivojlantiriş, zamonaviy logistika va ombor infratuzilmasini barpo etiş, körgazma-savdo maydonlarini taşkil etiş hamda yengil sanoat korxonalarini rivojlantirişni nazarda tutadi. Loyiha amalga oşirilgan taqdirda 400–600 ta yangi iş örni yaratilişi, taşqi savdo hajmi oşişi va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga munosib hissa qöşişi kutilmoqda.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş, logistika imkoniyatlarini kengaytiriş hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.