
UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Naşr qilingan sana
«UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator» MÇJ hamda «Navoiy xalqaro aeroporti» MÇJ örtasida hamkorlik va şeriklik töğrisidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat aeroport faoliyatini raqamli transformatsiya qiliş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, sunʼiy intellektga asoslangan yeçimlarni hamda katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qiliş vositalarini joriy etiş böyiça uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida Navoiy xalqaro aeroportining raqamli transformatsiya konsepsiyasini işlab çiqiş, biznes jarayonlarini optimallaştiriş, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, logistika va yuk taşiş operatsiyalarini avtomatlaştiriş, şuningdek, aqlli boşqaruv va tahliliy tizimlarni joriy etiş böyiça qöşma loyihalar amalga oşiriladi.
Memorandumning imzolanişi Navoiy xalqaro aeroportida zamonaviy texnologik yeçimlarni keng joriy etiş, boşqaruv samaradorligini oşiriş hamda aeroportning raqamli ekotizimini izçil rivojlantiriş yölidagi muhim qadam böldi.

