Yangiliklar

ÖRTA OSIYODAGI YAGONA “PORTO-FRANCO” NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida Örta Osiyoda yagona bölgan “Porto-Franco” erkin bojxona hududining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–50-son qarori doirasida Navoiy xalqaro aeroportining faoliyati samaradorligini oşiriş, uning transport-logistika salohiyatidan yanada keng foydalaniş hamda xalqaro yuk taşuvlarini rivojlantiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.

Yangi hudud orqali tovarlarni bojxona tölovlarisiz olib kiriş va saqlaş, ularni qayta işlaş, import, eksport va tranzit operatsiyalarini amalga oşiriş uçun qulay şaroit yaratiladi. Bu esa yuklarning aeroportda ortiqça vaqt va xarajatlarsiz rasmiylaştirilişi hamda keyingi manzilga tezkor yönaltirilişiga xizmat qiladi.

Oçiliş marosimida Navoiy xalqaro aeroporti MÇJ direktori Alişer Kliçev, Bojxona qömitasi vakillari, hamkor taşkilotlar hamda mehmonlar iştirok etdi.

Aeroportda xizmat körsatiş imkoniyatlari ham kengaymoqda. Jumladan, ACU — Air Conditioning Unit maxsus qurilmasi foydalanişga topşirildi.

Mazkur uskuna havo kemasi yerda turgan vaqtda uning saloniga sovutilgan yoki isitilgan havo yetkazib beradi. Bu yölovçilar va ekipaj uçun qulay şaroit yaratiş bilan birga, havo kemalariga yer usti xizmatlarini yanada samarali taşkil etiş imkonini beradi.

“Porto-Franco” va yangi texnik imkoniyatlar — Navoiy xalqaro aeroportining zamonaviy xalqaro logistika markazi sifatidagi salohiyatini yanada oşiriş yölidagi muhim qadamdir.