
ONA TILIM — MILLAT ĞURURI!
Naşr qilingan sana
ONA TILIM — MILLAT ĞURURI!
Navoiy xalqaro aeroportida 21-oktyabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Navoiy xalqaro aeroporti taşabbusi bilan “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi hamkorligida ötkazilgan tadbirda ona tilimizning milliy özligimiz, maʼnaviyatimiz va qadriyatlarimizni ifodalaşdagi beqiyos örni haqida söz yuritildi. Iştirokçilar örtasida özbek tilining boy imkoniyatlari, uning sofligini asraş va kelajak avlodga bezavol yetkaziş masalalariga bağişlangan maʼruzalar hamda samimiy suhbatlar bölib ötdi.
Tadbir doirasida Karmana tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabi öqituvçi va öquvçilari tomonidan badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Uşbu çiqişlar tadbirga özgaça ruh va kötarinki kayfiyat bağişladi.
Ona tilimiz — milliy ğururimiz, maʼnaviy boyligimiz va özligimiz timsoli! Uni eʼzozlaş, asrab-avaylaş va ravnaqini taʼminlaş har birimizning şarafli burçimizdir.
🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati





