Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA YANGI IMPORT YO‘NALISHI ISHGA TUSHDI

Nashr qilingan sana

← Barcha yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA YANGI IMPORT YO‘NALISHI ISHGA TUSHDI

Navoiy xalqaro aeroportida yuk tashish geografiyasi kengayib, xalqaro logistika imkoniyatlari yanada ortib bormoqda. Riga — Navoiy yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur reys orqali Navoiy xalqaro aeroportiga 40 tonna 800 kilogramm pishloq mahsuloti import qilindi. Endilikda ushbu yo‘nalish bo‘yicha import yuklarini yetkazib berish haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Fly Khiva Group kompaniyasining havo kemasi orqali amalga oshirilayotgan ushbu yuk tashuvlariga Navoiy xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi aeroportning xalqaro yuk tashish salohiyatini mustahkamlash, import operatsiyalarini kengaytirish hamda O‘zbekistonning logistika imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Navoiy xalqaro aeroporti zamonaviy infratuzilmasi, yuklarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va xalqaro transport yo‘laklaridagi strategik joylashuvi bilan yuk tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda.

🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati