
Navoiy xalqaro aeroportida xalqaro logistika va MRO yönalişlarini rivojlantiriş böyiça muzokaralar ötkazildi
Naşr qilingan sana
Navoiy xalqaro aeroportiga Turizm va sport vazirligi rahbari maslahatçisi Temur Mirzayev hamda EGI Resources kompaniyasi asosçisi va boş ijroçi direktori Erslan Gazali Ibrahim taşrif buyurdi.
Taşrif davomida Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro logistika va aviatsiya xabi sifatidagi salohiyatini kengaytiriş, şuningdek, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarning asosiy yönalişlaridan biri — Navoiy xalqaro aeroportini Yevropa, MDH va Osiyo mamlakatlari örtasidagi yuk oqimlarini boğlovçi muhim logistika markaziga aylantiriş masalasi böldi. Bunda aeroportning havo, temir yöl va avtomobil transporti integratsiyasiga asoslangan multimodal imkoniyatlaridan samarali foydalaniş közda tutilmoqda.
Şuningdek, uçraşuvda MRO (Maintenance, Repair and Overhaul) markazini rivojlantiriş va mazkur yönalişga investitsiyalar jalb etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. MRO markazining rivojlanişi aviatsiya texnikalariga texnik xizmat körsatiş, taʼmirlaş va ularga xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
EGI Resources — Indoneziyada faoliyat yurituvçi, energetika va infratuzilma, köçmas mulk, aviatsiya, farmatsevtika, IT va boşqa yönalişlarda faoliyat yurituvçi diversifikatsiyalangan kompaniya. Kompaniyaning asosiy faoliyat yönalişlari qatorida aviatsiya xizmatlari va aviatsiya infratuzilmasi ham mavjud.
Uçraşuv yakunida xalqaro yuk taşiş geografiyasini kengaytiriş, Navoiy aeroportining tranzit-logistika salohiyatini oşiriş hamda MRO yönalişida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
