
NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA
Naşr qilingan sana
NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA
Navoiy xalqaro aeroportida yana bir muhim voqea kuzatildi. Jet Mate Aviation kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan kelişuv doirasida, Kaya Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737-500 rusumli havo kemasi Varna (Bolgariya) – Navoiy – Najaf yönalişi böyiça Navoiy xalqaro aeroportida texnik qönişni amalga oşirdi.
Havo kemasi aeroportning yonğin-qutqaruv maxsus texnikalari tomonidan suv purkagiçlari yordamida hosil qilingan ramziy “suv arkasi” bilan kutib olindi. Şu qatorda "Navoiy xalqaro aeroporti" MÇJ direktori Alişer Kliçev boşçiligidagi vakillar xalqimizga xos mehmondöstlik bilan ularga hurmat körsatişdi.
Samolyot komandiri Carlos Delp aeroport infratuzilmasi, maxsus texnikalar va körsatilgan xizmatlar bilan tanişib, ularni ijobiy baholadi. Ekipaj vakillarining taʼkidlaşiça, bunday kutib oliş ular uçun kutilmagan yoqimli taassurot bölgan. Ular kelgusida ham özaro hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanini bildirdi.
Eng muhimi, bu hamkorlik doirasidagi parvozlar şu bilan çeklanmaydi. Kelgusi haftalarda ham uşbu yönalişdagi aviaqatnovlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Navoiy xalqaro aeroporti uçun yana bir jihati bilan ahamiyatli bölgan uşbu kunda - bir vaqtning özida 3ta xalqaro reysning havo kemalariga xizmat körsatildi. Aeroport xodimlari, maxsus texnikalar va xizmat körsatiş tizimi uçta xalqaro reysga bir paytda xizmat körsatiş orqali öz imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etdi.
🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati






