Yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida navbatdagi yirik xalqaro yuk operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar


Navoiy xalqaro aeroportida Air Atlanta Icelandic aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti tomonidan amalga oşirilgan xalqaro yuk reysi qabul qilindi.
Mazkur reys orqali Belgiyaning Liej şahridan umumiy oğirligi 82,5 tonnani taşkil etuvçi 165 boş nasldor qoramol aeroportga yetkazib berildi.
Qoramollar aeroportning cargo terminalida tuşirilib, veterinariya, bojxona va çegara nazoratidan ötkazildi.

Yukni qabul qiliş, tuşiriş va rasmiylaştiriş jarayonlari aeroportning cargo terminali, bojxona, çegara, veterinariya hamda boşqa tegişli xizmatlar tomonidan xalqaro va milliy talablar asosida tezkor va sifatli taşkil etildi.
Mazkur operatsiya Navoiy xalqaro aeroportining yirik hajmdagi, maxsus toifadagi va tirik hayvonlarni taşiş böyiça zamonaviy logistika infratuzilmasi hamda yuqori operatsion salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Bugungi kunda Navoiy xalqaro aeroporti Markaziy Osiyoning muhim havo transporti va logistika markazlaridan biri sifatida xalqaro yuk taşuvlari geografiyasini kengaytiriş, eksport-import operatsiyalarini jadallaştiriş hamda mamlakatimizning tranzit salohiyatini oşirişga munosib hissa qöşmoqda.