Yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida kiberxavfsizlik böyiça profilaktik tadbir ötkazildi

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Navoiy viloyati IIB Kiber jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari, kapitan Xazratqulov Şokir Şavkatjonoviç hamda kapitan Usmonov Jasur Izzatullayeviç tomonidan Navoiy xalqaro aeroporti rahbariyati va xodimlari iştirokida kiberxavfsizlikka bağişlangan profilaktik tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida kiberjinoyatlarning bugungi kunda uçrayotgan yangi turlari va şakllari, ularning sodir etilişiga sabab bölayotgan omillar, şuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanişda amal qilinişi lozim bölgan xavfsizlik qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Şuningdek, iştirokçilarga internet tarmoğida şaxsiy va xizmat maʼlumotlarini himoya qiliş, fişing va ijtimoiy muhandislik usullariga aldanmaslik, şubhali havolalar hamda nomaʼlum ilovalarni oçmaslik, kuçli parollardan foydalaniş va ikki bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aeroport xodimlarining kiberxavfsizlik böyiça bilim va könikmalarini oşiriş, axborot xavfsizligini taʼminlaş hamda kiberjinoyatlarning oldini olişdan iborat böldi.