Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — Xalqaro Sammit maydonida

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Toşkent şahridagi Swissotel mehmonxonasida 30-sentyabr — 1-oktyabr kunlari Markaziy Osiyoda havo yuk taşiş va aviatsiya-logistika sohasini rivojlantirişga bağişlangan Central Asia Air Cargo Summit #3 xalqaro sammiti bölib ötdi.

Nufuzli xalqaro tadbirda aviakompaniyalar, aeroportlar, logistika va ekspeditorlik kompaniyalari, yuk taşiş operatorlari, xalqaro ekspertlar hamda biznes vakillaridan iborat 300 dan ortiq kompaniya va soha vakillari iştirok etdi.

Sammitning asosiy maqsadi - Markaziy Osiyoning xalqaro havo yuk taşiş tizimidagi salohiyatini oşiriş, yangi logistika yönalişlarini şakllantiriş, xalqaro yuk oqimlarini köpaytiriş hamda mintaqani global transport-logistika zanjirlariga yanada faol integratsiya qiliş masalalarini muhokama etişdan iborat böldi.

Tadbir davomida havo yuk taşiş bozorining rivojlaniş tendensiyalari, yangi xalqaro yönalişlar, yuk taşiş infratuzilmasini rivojlantiriş, logistika jarayonlarini raqamlaştiriş, bojxona va tranzit jarayonlarini takomillaştiriş, multimodal taşuvlarni kengaytiriş hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sammitda Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alişer Kiliçev boşçiligidagi delegatsiya faol iştirok etdi.

Tadbir doirasida Navoiy xalqaro aeroportining yuk taşiş va logistika imkoniyatlari, xalqaro tranzit salohiyati, strategik geografik joylaşuvi, mavjud infratuzilmasi hamda istiqboldagi loyihalari xalqaro hamkorlarga taqdim etildi.

Aeroport vakillari aviakompaniyalar, logistika operatorlari, yuk taşiş va ekspeditorlik kompaniyalari hamda potensial hamkorlar bilan qator uçraşuvlar va muzokaralar ötkazdi.

Muloqotlarda yangi yuk yönalişlarini yölga qöyiş, xalqaro yuk oqimlarini Navoiy orqali yönaltiriş, tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş, logistika xizmatlarini rivojlantiriş va yangi biznes hamkorliklarini şakllantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Central Asia Air Cargo Summit #3 Navoiy xalqaro aeroporti uçun xalqaro aviatsiya va logistika bozorining yetakçi iştirokçilari bilan bevosita muloqot qiliş, yangi hamkorlarni jalb etiş va istiqbolli loyihalarni muhokama qiliş uçun muhim platforma bölib xizmat qildi.

Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro sammitdagi iştiroki aeroportning Markaziy Osiyodagi muhim havo yuk taşiş va multimodal logistika markazlaridan biriga aylaniş yölidagi amaliy qadamlardan biri böldi.

Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati