Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA GONGKONGLIK YIRIK INVESTITSIYA KOMPANIYASI ÖRTASIDA STRATEGIK ALYANS TUZILDI!

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA GONGKONGLIK YIRIK INVESTITSIYA KOMPANIYASI ÖRTASIDA STRATEGIK ALYANS TUZILDI!

2026-yil 9-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong şahrida ötkazilgan “Bir makon – bir yöl” xalqaro konferensiyasi doirasida “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ hamda Gonkongning Harvest Epoç Strategic Investment Limited kompaniyasi örtasida Strategik alyans töğrisidagi kelişuv imzolandi.

Mazkur kelişuv Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–50-son “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro transport-logistika tizimidagi örnini yanada mustahkamlaş hamda yangi strategik hamkorlik loyihalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Kelişuv doirasida - xalqaro yuk oqimlari kengaytiriladi, e-commerce va ekspress yetkazib beriş loyihalari rivojlantiriladi, sovuq zanjirli logistika (cold çain) yölga qöyiladi, avtomobil sanoati yuklari hamda oğir va yirik hajmli yuklar uçun yangi imkoniyatlar yaratiladi, temir yöl–aviatsiya taşuvlari rivojlantiriladi, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida xalqaro logistika va elektron tijorat markazi taşkil etiş böyiça hamkorlik qilinadi.

🌏 Eng katta maqsad esa — Navoiy xalqaro aeroportini Yevropa, Janubiy Osiyo va Xitoyni boğlovçi strategik multimodal logistika xabiga aylantiriş! Bu esa — yangi yuk oqimlari, yangi logistika operatorlari, yangi aviakompaniyalar va yangi imkoniyatlar birlaşuvidir!