Yangiliklar

Navoiy viloyati va Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati işbilarmon doiralari örtasida taşkil etilgan Biznes-forumda Navoiy xalqaro aeroporti vakillari ham iştirok etdi.

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati gubernatori Mahdi Zandiyye boşçiligidagi keng qamrovli delegatsiya Navoiy viloyatiga taşrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, konçilik, neft-gaz, kimyo sanoati va avtomobilsozlik kabi strategik yönalişlarda faoliyat yurituvçi 50 dan ortiq kompaniya va taşkilot vakillari, şuningdek, rasmiy doira vakillari örin olgan.

Forum doirasida Navoiy xalqaro aeroporti rahbariyati ham öz taqdimoti va takliflari bilan iştirok etdi. Taqdimotda aeroportning xalqaro transport-logistika markazi sifatidagi salohiyati, mavjud infratuzilmasi va rivojlaniş istiqbollari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oşirişga qaratilgan qarorida belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, Navoiy xalqaro aeroportida “Porto-Franco” erkin bojxona rejimining joriy etilayotgani, uning doirasida xalqaro yuk taşiş, logistika va investitsiyaviy loyihalarni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar taqdim etildi. Şuningdek, Eronning Markaziy viloyati işbilarmon doiralari bilan savdo-logistika yönalişida hamkorlikni kengaytiriş, yangi yuk oqimlarini jalb etiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflar bildirildi.

Mazkur uçraşuv Navoiy va Eronning Markaziy viloyati örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, xususan, transport-logistika, yuk taşiş va investitsiya yönalişlarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş uçun muhim platforma böldi.

Navoiy xalqaro aeroportining “Porto-Franco” rejimi doirasidagi yangi imkoniyatlari esa Eron işbilarmon doiralari uçun Özbekiston va mintaqa bozorlariga çiqişda qöşimça logistika imkoniyatlarini taqdim etişi mumkin.