Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — MARKAZIY OSIYO HAVO YUK TAŞIŞ BOZORINING XALQARO MULOQOT MAYDONIDA

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — MARKAZIY OSIYO HAVO YUK TAŞIŞ BOZORINING XALQARO MULOQOT MAYDONIDA

Toşkent şahridagi Swissôtel Taşkent mehmonxonasida 30-sentyabr — 1-oktyabr kunlari Central Asia Air Cargo Summit #3 xalqaro sammiti bölib ötmoqda.

Markaziy Osiyoda havo yuk taşiş va aviatsiya-logistika sohasining rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan mazkur nufuzli tadbir sohaning yetakçi vakillari — aviakompaniyalar, aeroportlar, logistika va ekspeditorlik kompaniyalari, yuk taşiş operatorlari, xalqaro ekspertlar hamda biznes hamkorlarni bir maydonga jamladi.

Sammitda 300 dan ortiq kompaniya va soha vakillari iştirok etmoqda.

ASOSIY EʼTIBOR — HAVO YUK TAŞIŞ VA LOGISTIKA SALOHIYATINI KENGAYTIRIŞ

Central Asia Air Cargo Summitning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyoning xalqaro havo yuk taşiş tizimidagi salohiyatini yanada oşiriş, yangi logistika yönalişlarini şakllantiriş, xalqaro yuk oqimlarini köpaytiriş hamda mintaqani global transport-logistika zanjirlariga yanada faol integratsiya qilişdan iborat.

Ikki kun davomida havo yuk taşiş bozorining rivojlaniş tendensiyalari, yangi xalqaro yönalişlarni oçiş, yuk taşiş infratuzilmasini takomillaştiriş, logistika jarayonlarini raqamlaştiriş, bojxona va tranzit jarayonlarini soddalaştiriş, multimodal taşuvlarni rivojlantiriş hamda aviatsiya va logistika kompaniyalari örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Sammitning muhim jihatlaridan biri — soha vakillari örtasida bevosita biznes muloqotlari, B2B uçraşuvlar va yangi hamkorliklarni yölga qöyiş uçun yaratilayotgan imkoniyatlardir. Bu esa istiqbolli loyihalar, yangi yuk yönalişlari va uzoq muddatli hamkorliklarni şakllantiriş uçun muhim amaliy platforma bölib xizmat qilmoqda.

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — MUHIM MUZOKARALAR MAYDONIDA

Sammitda Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alişer Qiliçov boşçiligidagi delegatsiya ham faol iştirok etmoqda.

Tadbir doirasida Navoiy xalqaro aeroportining yuk taşiş va logistika imkoniyatlari, xalqaro tranzit salohiyati, strategik geografik joylaşuvi, mavjud infratuzilmasi hamda istiqboldagi loyihalari xalqaro hamkorlarga taqdim etilmoqda.

Aeroport vakillari aviakompaniyalar, logistika operatorlari, yuk taşiş va ekspeditorlik kompaniyalari hamda potensial hamkorlar bilan qator uçraşuv va muzokaralar ötkazmoqda.

Muloqotlar davomida yangi yuk yönalişlarini yölga qöyiş, xalqaro yuk oqimlarini Navoiy orqali yönaltiriş, tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş, logistika xizmatlarini rivojlantiriş va yangi biznes hamkorliklarini şakllantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

NAVOIY — XALQARO LOGISTIKA XABI SARI

Navoiy xalqaro aeroportining strategik geografik joylaşuvi Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo örtasidagi yuk oqimlarini boğlaş uçun muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ayni paytda aeroportda yuk taşiş infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş hamda havo transportini boşqa transport turlari bilan integratsiya qiliş yönalişlarida izçil işlar olib borilmoqda.

Şu nuqtayi nazardan, Central Asia Air Cargo Summit Navoiy xalqaro aeroporti uçun xalqaro aviatsiya va logistika bozorining asosiy iştirokçilari bilan töğridan-töğri muloqot qiliş, yangi hamkorlarni jalb etiş va istiqbolli loyihalarni muhokama qiliş imkonini beruvçi muhim xalqaro platformadir.

Sammit doirasidagi muzokaralar yangi yuk yönalişlarini oçiş, xalqaro yuk oqimlarini oşiriş, logistika operatorlari bilan hamkorlikni kengaytiriş va Navoiy xalqaro aeroportining mintaqaviy transport-logistika tizimidagi rolini yanada kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Bugungi xalqaro muloqot Navoiy xalqaro aeroporti uçun nafaqat tajriba almaşiş, balki yangi imkoniyatlarni izlaş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va aniq biznes loyihalarini şakllantiriş uçun muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.


🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati