Yangiliklar

NASLDOR QORAMOLLAR MANZILIGA NAVOIY XALQARO AEROPORTI ORQALI YETKAZILMOQDA

Nashr qilingan sana

← Barcha yangiliklar

NASLDOR QORAMOLLAR MANZILIGA NAVOIY XALQARO AEROPORTI ORQALI YETKAZILMOQDA

🇺🇿 Mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish, naslli chorva mollarini ko‘paytirish va tarmoq mahsuldorligini oshirishda xalqaro havo yuk tashish xizmatlari ham muhim o‘rin tutadi.

Germaniya va Avstriyadan O‘zbekistonga olib kelingan 168 bosh nasldor qoramol Navoiy xalqaro aeroporti orqali mamlakatimizga yetkazildi. Ushbu yuk tashuvlari Magma Aviation kompaniyasi bilan bog‘liq xalqaro logistika yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Navoiy xalqaro aeroporti xorijdan keltirilayotgan nasldor chorva mollarini qabul qilish, ularni yuk terminalida tushirish va keyingi manzillariga yetkazish jarayonida muhim logistika bo‘g‘ini sifatida xizmat ko‘rsatadi.

Aeroportning geografik jihatdan qulay joylashuvi, zamonaviy yuk terminali va havo yuk tashish imkoniyatlari xorijdan keltirilayotgan tirik hayvonlarni O‘zbekistonning turli hududlariga yetkazish uchun zarur sharoit yaratadi.

✈️ Navoiy xalqaro aeroporti — nafaqat yuklarni manzilga yetkazuvchi, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti va chorvachilik tarmog‘i rivojiga hissa qo‘shuvchi muhim transport-logistika maskani!

🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati