
HAMKORLIKNI KENGAYTIRIŞ UÇUN MUHIM UÇRAŞUV!
Naşr qilingan sana
HAMKORLIKNI KENGAYTIRIŞ UÇUN MUHIM UÇRAŞUV!
Navoiy xalqaro aeroportida viloyat eksport salohiyatini oşiriş, tadbirkorlar uçun yaratilgan imkoniyatlarni keng tarğib etiş hamda yuk taşiş xizmatlaridan foydalaniş kölamini kengaytirişga qaratilgan uçraşuv bölib ötdi.
Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alişer Kliçev rahbarligida bojxona boşqarmasi xodimlari va masʼul vakillar iştirokida taşkil etilgan uçraşuvda viloyatdagi eksportyorlar, tadbirkorlar, şuningdek, kuryerlik, poçta jönatmalari va yuk taşiş (kargo) xizmatlaridan foydalaniş istagida bölgan 30 nafardan ziyod fuqaro qatnaşdi.
Muloqot davomida Navoiy xalqaro aeroporti tizimida yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, yuklarni qabul qiliş, saqlaş hamda taşiş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ayniqsa, aeroport xizmatlaridan foydalaniş orqali yuk taşiş xarajatlarini kamaytiriş, logistika jarayonlarini samarali taşkil etiş va eksport-import operatsiyalarini yanada qulay amalga oşiriş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Iştirokçilarga Navoiy xalqaro aeroporti orqali yuk taşiş xizmatlaridan foydalanişda narx jihatidan mavjud afzalliklar tuşuntirilib, aeroportning yuk terminali imkoniyatlari va xizmat körsatiş yönalişlari taniştirildi.
Şuningdek, tadbirkorlar va eksportyorlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ularning ehtiyojlarini örganiş hamda aeroport xizmatlaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv davomida iştirokçilarning savol va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi, kötarilgan muammolarning ayrimlari esa joyida hal etildi.
Yakunida iştirokçilar hamkorlikka taklif etilib, Navoiy xalqaro aeroportining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlari eksportini qöllab-quvvatlaş hamda hududning transport-logistika salohiyatini yanada rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Navoiy xalqaro aeroporti tadbirkorlar va eksportyorlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş, yuk taşiş xizmatlari imkoniyatlarini kengaytiriş hamda hududning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qöşişga qaratilgan işlarni davom ettiradi.










