Yangiliklar

NAVOIY AEROPORTI YANA BIR XALQARO HAMKORLIKKA START BERDI!

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

NAVOIY AEROPORTI YANA BIR XALQARO HAMKORLIKKA START BERDI!

Navoiy xalqaro aeroporti xalqaro yuk taşiş geografiyasini kengaytiriş, yangi aviakompaniyalarni jalb etiş va tranzit imkoniyatlarini oşiriş yölida yana bir muhim qadam taşlamoqda.

28-noyabr kuni Fransiyaning yuk taşişga ixtisoslaşgan FTL Airlines aviakompaniyasiga tegişli FGO823 reysi Gongkong — Navoiy — Budapeşt yönalişi böyiça aeroportimizda texnik qönişni amalga oşirdi.

Havo kemasi soat 02:15 da Navoiyga kelib qöndi. Yangi hamkorlikning ilk parvozi aviatsiya anʼanalariga muvofiq, tantanali suv arkasi bilan kutib olindi. Soat 03:50 da esa Budapeşt tomon parvozini davom ettirdi.

Bu şunçaki texnik töxtaş emas. Bu Navoiy aeroportining xalqaro yuk taşiş bozoridagi imkoniyatlari, geografik qulayligi va logistika salohiyatiga berilgan yana bir eʼtirofdir.

Fransiyaning FTL Airlines kompaniyasi xalqaro yuk taşiş sohasida faoliyat yurituvçi aviakompaniya bölib, uzoq masofali yuk reyslarini amalga oşiradi. Endilikda Navoiy xalqaro aeroporti ham kompaniyaning parvozlar tarmoğida muhim texnik nuqtaga aylanmoqda.

Hamkorlik doirasida mazkur yönaliş böyiça texnik qönişlar haftasiga ikki marotaba amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Navoiy aeroportining qulay geografik joylaşuvi, zamonaviy infratuzilmasi, xizmat körsatiş imkoniyatlari va operativligi xalqaro yuk taşuvçilar uçun tobora jozibador bölib bormoqda.

Cargolux Airlines bilan yölga qöyilgan hamkorlik ortidan FTL Airlines bilan yangi yönalişning boşlanişi — aeroportning xalqaro logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaş yölida izçil davom etayotgan işlarning yana bir natijasidir.

Navoiy xalqaro aeroporti — yangi yönalişlar, yangi hamkorlar va global logistika sari yangi imkoniyatlar!

NAVOIY AEROPORTI YANA BIR XALQARO HAMKORLIKKA START BERDI! · 1NAVOIY AEROPORTI YANA BIR XALQARO HAMKORLIKKA START BERDI! · 2NAVOIY AEROPORTI YANA BIR XALQARO HAMKORLIKKA START BERDI! · 3