
NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA CARGOLUX HAMKORLIGINING YANGI BOSQIÇI
Naşr qilingan sana
NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA CARGOLUX HAMKORLIGINING YANGI BOSQIÇI
Navoiy xalqaro aeroportida yirik xalqaro yuk taşuvçisi — Cargolux Airlines International bilan hamkorlikning yangi bosqiçiga rasman start berildi. Ilgari sinov tariqasida amalga oşirilgan reyslar endilikda muntazam qatnovlarga aylanmoqda. Bu voqea aeroportning xalqaro logistika markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
Bugun Navoiy xalqaro aeroportiga Cargolux Airlines International kompaniyasining ijroçi vitse-prezidenti va moliya direktori Maxim Straus boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Mehmonlar aeroportda tantanali ravişda, aviatsiya anʼanalariga köra suv arkasi ostida kutib olindi. Marosimda aeroport rahbariyati, viloyat hokimi örinbosari, tegişli taşkilotlar hamda bojxona sohasi vakillari iştirok etdi.
Özbekona mehmonnavozlik va milliy qadriyatlar asosida taşkil etilgan kutib oliş marosimidan söng ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan rasmiy tadbir bölib ötdi. Unda tomonlar özaro manfaatli aloqalarning yangi bosqiçga kötarilayotganini eʼtirof etib, hamkorlik kelişuvlarini imzoladilar. Mehmonlarga milliy hunarmandçiligimiz asosida tayyorlangan esdalik sovğalari taqdim etildi.
Delegatsiya vakillari aeroportning yuk terminali faoliyati, yuklarni qabul qiliş, saqlaş, qayta işlaş va jönatiş jarayonlari, yaratilgan infratuzilma hamda xizmat körsatiş imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, havo kemalariga yoqilği quyiş tizimi, mavjud zaxiralar, aviatsiya yoqilğisi sifati va laboratoriya tekşiruvlari jarayonlari ham közdan keçirildi. Avvalgi taşriflarda örganilgan imkoniyatlar bu safar kompaniyaning yuqori rahbariyati tomonidan ham bevosita baholandi. Parvozlar xavfsizligi, xalqaro aviatsiya talablariga muvofiqlik va zarur şart-şaroitlar masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Navoiy xalqaro aeroportida amalga oşirilayotgan bu kabi loyihalar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ-50-son qarori doirasida belgilangan yangi imkoniyatlar, jumladan, Porto-Franko erkin bojxona hududi faoliyati bilan ham çambarças boğliq. Mazkur mexanizmlar xalqaro yuk oqimini oşiriş, tranzit salohiyatini kengaytiriş, investitsiyalarni jalb etiş va hudud iqtisodiyotini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ayni paytda Cargolux Navoiy xalqaro aeroporti orqali haftasiga 8 ta reysni amalga oşirmoqda. Dekabr oyidan boşlab qatnovlar sonini oyiga 30 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu esa aeroportning yuk taşiş hajmi, xizmatlar kölami va xalqaro logistika zanjiridagi ahamiyati yanada ortişidan dalolat beradi.
Navoiy xalqaro aeroporti va Cargolux örtasidagi hamkorlik — şunçaki yangi reyslar emas. Bu Özbekistonning global yuk taşiş bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiriş, xalqaro savdo yöllarida öz örnini mustahkamlaş va Navoiy aeroportini mintaqaning muhim logistika markazlaridan biriga aylantiriş yölidagi yangi qadamdir.












