Yangiliklar

CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI

2026-yil 10-noyabr kuni «CargoPoint» MÇJ vakillari Xitoyning xalqaro logistika kompaniyasi YTO International delegatsiyasi bilan birgalikda Navoiy xalqaro aeroportiga taşrif buyurdi.

Taşrif doirasida delegatsiya aeroport direktori Alişer Kliçev bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida xalqaro yuk taşiş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş va kengaytiriş, yangi yuk aviayönalişlarini taşkil etiş hamda Navoiy xalqaro aeroportining tranzit yuk taşiş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, mehmonlarga aeroportning zamonaviy yuk terminali infratuzilmasi, mavjud işlab çiqariş va logistika imkoniyatlari, yuklarni qabul qiliş, saqlaş hamda qayta işlaş quvvatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Delegatsiya aeroportning xalqaro yuk aviatsiyasi va multimodal logistika markazi sifatidagi salohiyati bilan yaqindan tanişdi.

Maʼlumot uçun, YTO International Xitoyning yirik logistika guruhlaridan biri — YTO Express tarkibiga kiruvçi xalqaro kompaniya bölib, yuk taşiş, ekspeditorlik va tezkor yetkazib beriş xizmatlariga ixtisoslaşgan. Guruh tarkibidagi YTO Cargo Airlines xalqaro yuk aviayönalişlarida faoliyat yuritadi. Aviakompaniya flotida Boeing 757-200F, Boeing 767-300F hamda COMAC C909F rusumidagi yuk havo kemalari mavjud.

Mazkur taşrif Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro logistika aloqalarini kengaytiriş, yangi hamkorlik yönalişlarini rivojlantiriş va mintaqadagi yirik multimodal yuk taşiş markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 1CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 2CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 3CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 4CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 5CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 6CARGOPOINT VA YTO INTERNATIONAL DELEGATSIYASI NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA TAŞRIF BUYURDI · 7