
NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA BELGIYADAN 165 BOSH NASLDOR QORAMOL YETKAZILDI
Nashr qilingan sana
NAVOIY XALQARO AEROPORTIGA BELGIYADAN 165 BOSH NASLDOR QORAMOL YETKAZILDI
Bugun Navoiy xalqaro aeroporti orqali Belgiyadan yana 165 bosh nasldor zotli mollar mamlakatimizga olib kelindi. Tirik yuk Vengriyaning Budapesht xalqaro aeroporti orqali Navoiyga yetkazildi.
Mazkur yo‘nalishdagi yuk tashuvlari aeroport va hamkorlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Bundan qariyb 10 kun avval boshlangan ushbu hamkorlik bugun navbatdagi yuk partiyasining yetkazilishi bilan izchil davom etmoqda.
Kelishuvga muvofiq, nasldor qoramollarni har hafta bir marotaba Navoiy xalqaro aeroporti orqali yetkazib berish rejalashtirilgan.
Bu esa aeroportning xalqaro yuk tashuvlari, xususan, tirik hayvonlarni tashish yo‘nalishidagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
