Yavkachev Jahongir Shavkidinovich
Nashr qilingan sana
“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari
Lavozimi: Infratuzilma va logistika bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 11-iyun
Ma’lumoti
Tug‘ilgan sana: 1984-yil 12-sentabr
Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani
Ma’lumoti: Oliy
Oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat aviatsiya instituti
Tamomlagan yili: 2006-yil
Mutaxassisligi: Aviatsiya va raketa-kosmik texnikasidan foydalanish
Chet tillari: Rus tili, ingliz tili
Mehnat faoliyati
2002–2006-yillar — Toshkent davlat aviatsiya instituti talabasi.
2007–2008-yillar — Samarqand shahridagi “Uzbekistan Airways Technics” aviatashkilotida avia mexanik.
2010–2019-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida havo kemalariga tezkor texnik xizmat ko‘rsatish sohasida aviatexnik-avia mexanik hamda perron-texnika brigadasi aviatsiya mexanigi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019–2022-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasida havo transporti bo‘yicha bosh mutaxassis.
2019-yil — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish ta’minoti xizmatida o‘t o‘chiruvchi, boshliq o‘rinbosari, perron-texnika brigadasi aviatsiya mexanigi hamda muhandisi lavozimlarida ishlagan.
2019–2023-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJda perron-texnika brigadasi muhandisi va yetakchi muhandisi.
2023–2024-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ yer usti xizmat ko‘rsatish xizmati boshlig‘i.
2024–2026-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari — yer usti xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi.
2026-yil — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari — tijorat va marketing yo‘nalishi.
2026-yil 11-iyundan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari — infratuzilma va logistika yo‘nalishi.
Kasbiy faoliyati
Jahongir Shavkidinovich Yavkachev aviatsiya sohasida ko‘p yillik amaliy va boshqaruv tajribasiga ega mutaxassis. Uning mehnat faoliyati havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, yer usti xizmatlari, aeroport infratuzilmasi, aviatsiya logistikasi, perron-texnika xizmatlari hamda aeroport faoliyatini boshqarish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Ayni paytda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJda infratuzilma va logistika yo‘nalishiga rahbarlik qiladi.
