Navoi International Airport
Yangiliklar

XAVFSIZLIK — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

XAVFSIZLIK — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ

Navoiy xalqaro aeroportida xodimlar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoada huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida aeroport ishchi-xodimlariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘llarda harakatlanish vaqtida xavfsizlik talablariga amal qilish va transport vositalaridan foydalanishda mas’uliyatni oshirish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan «APK Qo‘riqchi» ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi. Mazkur choralar xavfsizlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va xodimlarning bu boradagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan bunday moddalarning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, ularning iste’moli hamda noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar haqida profilaktik tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuvlar xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish, shuningdek, turli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy xalqaro aeroportida xavfsizlik, tartib-intizom va xodimlar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Navoiy xalqaro aeroporti Axborot xizmati