Navoi International Airport
Yangiliklar

UZINFOCOM va Navoiy xalqaro aeroporti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

«UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCHJ hamda «Navoiy xalqaro aeroporti» MCHJ o‘rtasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat aeroport faoliyatini raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish vositalarini joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida Navoiy xalqaro aeroportining raqamli transformatsiya konsepsiyasini ishlab chiqish, biznes jarayonlarini optimallashtirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, logistika va yuk tashish operatsiyalarini avtomatlashtirish, shuningdek, aqlli boshqaruv va tahliliy tizimlarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Memorandumning imzolanishi Navoiy xalqaro aeroportida zamonaviy texnologik yechimlarni keng joriy etish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda aeroportning raqamli ekotizimini izchil rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.


Navoi Xalqaro Aeroporti