Sultonov Bekzod Toshbek o‘g‘li
Nashr qilingan sana
“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari
Lavozimi: Moliya va ma’muriy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 11-iyun
Ma’lumoti
Tug‘ilgan sana: 1995-yil 5-iyul
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani
Ma’lumoti: Oliy
Oliy ta’lim muassasalari:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — 2018-yil, kunduzgi ta’lim;
Namangan davlat universiteti — 2021-yil, sirtqi ta’lim.
Mutaxassisligi: Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), huquqshunoslik
Chet tillari: Rus tili, ingliz tili
Maxsus unvoni: 3-darajali yurist
Ilmiy darajasi: Yo‘q
Ilmiy unvoni: Yo‘q
Mehnat faoliyati
2014–2018-yillar — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi.
2017–2018-yillar — Buxoro shahridagi K. Komil xususiy turistik firmasida administrator.
2018-yil — Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i kotibi.
2018–2019-yillar — Tomdi tumani Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi bosh mutaxassisi.
2019–2021-yillar — Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi ish yurituvchisi.
2021–2022-yillar — Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Moliya-iqtisod bo‘limi yetakchi maslahatchisi.
2022–2023-yillar — Navoiy viloyati adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod bo‘limi yetakchi buxgalteri.
2023-yil — Tomdi tumani Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi bosh mutaxassisi.
2023–2024-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi eksperti.
2024–2026-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo‘yicha mutaxassisi.
2026-yil 11-iyundan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari — moliya va ma’muriy masalalar bo‘yicha.
Kasbiy faoliyati
Bekzod Toshbek o‘g‘li Sultonov moliya, iqtisodiyot, huquq, davlat xizmatlari va komplayens yo‘nalishlarida tajribaga ega mutaxassis.
Uning mehnat faoliyati davlat xizmatlari, moliya-iqtisodiy boshqaruv, buxgalteriya, sud ekspertizasi, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Ayni paytda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJda moliya va ma’muriy masalalar yo‘nalishini boshqaradi.
