Navoi International Airport
Yangiliklar

ONA TILIM — MILLAT G‘URURI!

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

ONA TILIM — MILLAT G‘URURI!

Navoiy xalqaro aeroportida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Navoiy xalqaro aeroporti tashabbusi bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘rtasida o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, uning sofligini asrash va kelajak avlodga bezavol yetkazish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Karmana tumanidagi 28-umumta'lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsoli! Uni e’zozlash, asrab-avaylash va ravnaqini ta’minlash har birimizning sharafli burchimizdir.

🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati