Navoi International Airport
Rahbariyat

Nurmatov Azizbek Alijanovich

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori birinchi o‘rinbosari

Lavozimi: Birinchi o‘rinbosar
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 1-iyun

Ma’lumoti

Tug‘ilgan sana: 1985-yil 1-yanvar
Tug‘ilgan joyi: Buxoro shahri, Buxoro viloyati
Millati: O‘zbek
Partiyaviyligi: O‘zLiDeP
Ma’lumoti: Oliy
Oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat aviatsiya instituti
Tamomlagan yili: 2006-yil, kunduzgi ta’lim
Mutaxassisligi: Aviatsiya va raketa-kosmik texnikasidan foydalanish
Chet tillari: Rus tili, ingliz tili
Harbiy (maxsus) unvoni: Yo‘q
Ilmiy darajasi: Yo‘q
Ilmiy unvoni: Yo‘q
Davlat mukofotlari: Yo‘q

Mehnat faoliyati

2002–2006-yillar — Toshkent davlat aviatsiya instituti talabasi.

2007–2008-yillar — “Buxoro” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasining “Harbiylashtirilgan qo‘riqlash” xizmatida o‘qchi-o‘t o‘chiruvchi.

2008–2015-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasining havo kemalariga tezkor texnik xizmat ko‘rsatish sexida uchish apparatlari va dvigatellari bo‘yicha 4-razryadli aviatexnik.

2015–2017-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi perron-texnika brigadasida 4-razryadli, 1-klass aviatsiya mexanigi.

2017–2018-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi.

2018–2019-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida bosh muhandis vazifasini bajaruvchi.

2019–2021-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJda bosh muhandis vazifasini bajaruvchi.

2021–2022-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ bosh mexanika xizmati boshlig‘i.

2022–2026-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

2026-yil 1-iyundan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari.

Kasbiy faoliyati

Azizbek Alijanovich Nurmatov aviatsiya sohasida ko‘p yillik amaliy va boshqaruv tajribasiga ega mutaxassis.

Uning professional faoliyati havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish, aviatsiya mexanikasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, aeroportning texnik va ishlab chiqarish jarayonlari hamda boshqaruv yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Ayni paytda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida aeroport faoliyatining strategik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.