Navoi International Airport
Rahbariyat

Norbutayev Eldor Xamitovich

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori o‘rinbosari

Lavozimi: Operatsion faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 11-iyun

Ma’lumoti

Tug‘ilgan sana: 1989-yil 14-mart
Tug‘ilgan joyi: Navoiy viloyati, Navoiy tumani
Millati: O‘zbek
Partiyaviyligi: Yo‘q
Ma’lumoti: Oliy
Oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat texnika universiteti
Tamomlagan yili: 2014-yil, kunduzgi ta’lim
Mutaxassisligi: Uchish apparatlari va dvigatellaridan texnik foydalanish
Chet tillari: Rus tili, ingliz tili
Harbiy (maxsus) unvoni: Yo‘q
Ilmiy darajasi: Yo‘q
Ilmiy unvoni: Yo‘q
Davlat mukofotlari: Yo‘q

Mehnat faoliyati

2010–2014-yillar — Toshkent davlat texnika universiteti talabasi.

2015–2018-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati dispetcheri.

2018–2019-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i.

2019–2021-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i.

2021–2024-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i.

2024–2026-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ aeroport ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati boshlig‘i.

2026-yil — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktorining yer usti xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari.

2026-yil 11-iyundan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktorining operatsion faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari.

Kasbiy faoliyati

Eldor Xamitovich Norbutayev aviatsiya sohasida ko‘p yillik amaliy va boshqaruv tajribasiga ega mutaxassis.

Uning professional faoliyati aeroportning ishlab chiqarish va dispetcherlik jarayonlarini boshqarish, operatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, yer usti xizmatlari hamda aeroportning kundalik ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Ayni paytda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJda operatsion faoliyat yo‘nalishiga rahbarlik qiladi.