Navoi International Airport
Yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida xalqaro logistika va MRO yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportiga Turizm va sport vazirligi rahbari maslahatchisi Temur Mirzayev hamda EGI Resources kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori Erslan Gazali Ibrahim tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro logistika va aviatsiya xabi sifatidagi salohiyatini kengaytirish, shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri — Navoiy xalqaro aeroportini Yevropa, MDH va Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi yuk oqimlarini bog‘lovchi muhim logistika markaziga aylantirish masalasi bo‘ldi. Bunda aeroportning havo, temir yo‘l va avtomobil transporti integratsiyasiga asoslangan multimodal imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda MRO (Maintenance, Repair and Overhaul) markazini rivojlantirish va mazkur yo‘nalishga investitsiyalar jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. MRO markazining rivojlanishi aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

EGI Resources — Indoneziyada faoliyat yurituvchi, energetika va infratuzilma, ko‘chmas mulk, aviatsiya, farmatsevtika, IT va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi diversifikatsiyalangan kompaniya. Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari qatorida aviatsiya xizmatlari va aviatsiya infratuzilmasi ham mavjud.

Uchrashuv yakunida xalqaro yuk tashish geografiyasini kengaytirish, Navoiy aeroportining tranzit-logistika salohiyatini oshirish hamda MRO yo‘nalishida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.