
Navoiy xalqaro aeroportida ayol xodimlar bilan gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi
Nashr qilingan sana
Navoiy xalqaro aeroportida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash hamda ayollar duch kelayotgan muammolarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy viloyati Transport xavfsizligi ta’minoti bo‘limining katta inspektorlari, kapitan D. Raxmonova hamda kapitan L. Obidov aeroportning ayol xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida gender tengligi tamoyillari, ayollarning jamiyat va mehnat jamoasidagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ayollar duch kelayotgan ijtimoiy va psixologik muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, umumiy psixologiya, ruhiy-emotsional holatni barqarorlashtirish, ish joyida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda turli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar xodimlarning huquqiy va psixologik xabardorligini oshirish, mehnat jamoasida sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda gender tengligi tamoyillarini amaliyotda ta’minlashga xizmat qiladi.
.webp&w=3840&q=75)