Navoi International Airport
Yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — MARKAZIY OSIYO VA XITOY O‘RTASIDAGI AVIATSIYA HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI MARKAZIDA

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

NAVOIY XALQARO AEROPORTI — MARKAZIY OSIYO VA XITOY O‘RTASIDAGI AVIATSIYA HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI MARKAZIDA

Joriy yilning 3–5-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) formatida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Ishchi guruhning uchinchi anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro anjuman mintaqa davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi aviatsiya aloqalarini mustahkamlash, havo transporti sohasida yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.

Navoiy xalqaro aeroporti uchun ushbu anjuman alohida ahamiyatga ega. Zero, aeroportning qulay geografik joylashuvi, xalqaro yuk tashish yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari hamda tranzit salohiyati Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi aviatsiya hamkorligida istiqbolli o‘rin tutadi.

Anjuman doirasida havo transporti bozorini liberallashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va sohadagi me’yoriy-huquqiy hamkorlikni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy xalqaro aeroportining ustuvor maqsadlaridan biri — xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish hamda aeroportning mintaqaviy transport-logistika tizimidagi mavqeini yanada mustahkamlashdir.

Bu kabi xalqaro muloqot maydonlari Navoiy xalqaro aeroportining mavjud salohiyatini namoyon etish, yangi hamkorlik istiqbollarini belgilash va jahon aviatsiya bozoriga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.