
Mustaqillik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar timsoli
Nashr qilingan sana
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Navoiy xalqaro aeroportining bugungi faoliyati, rivojlanish bosqichlari va yangi imkoniyatlariga bag‘ishlangan maxsus videorolik tayyorlandi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, aviatsiya sohasini modernizatsiya qilish va xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun Navoiy xalqaro aeroporti zamonaviy infratuzilmasi, kengayib borayotgan xizmatlari va xalqaro transport-logistika imkoniyatlari bilan mamlakatimizning muhim aviatsiya markazlaridan biriga aylanib bormoqda.
Videorolikda aeroportning yillar davomida yangilangan infratuzilmasi, zamonaviy texnologiyalar, yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar hamda yuk tashish va logistika yo‘nalishidagi salohiyati aks ettirilgan.
Navoiy Xalqaro Aeraporti
Axborot xizmati
.webp&w=3840&q=75)