
Yangiliklar
MAZMUNLI SAYOHAT — SAMARALI MEHNAT GAROVI!
Nashr qilingan sana
MAZMUNLI SAYOHAT — SAMARALI MEHNAT GAROVI!
Navoiy xalqaro aeroportining faxriy hamda mehnat faoliyatini davom ettirayotgan ishchi-xodimlari uchun "Sarmishsoy" dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
Sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad - xodimlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratish, ularning ruhiy tetikligi va ishchanlik kayfiyatini oshirish, jamoada o‘zaro do‘stona munosabatlar hamda hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
Betakror tabiat qo‘ynida tashkil etilgan mazkur sayohat ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas taassurotlar va yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.
Faxriylarga ehtirom, mehnat ahliga hurmat — jamoamizning yuksak qadriyatidir!


.webp&w=3840&q=75)