Navoi International Airport
Rahbariyat

Klichev Alisher Nematilloevich

Nashr qilingan sana

Barcha yangiliklar

“Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori

Lavozimi: Direktor
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 3-fevral

Ma’lumoti

Tug‘ilgan sana: 1969-yil 31-avgust
Tug‘ilgan joyi: Buxoro shahri, Buxoro viloyati
Millati: O‘zbek
Partiyaviyligi: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi
Ma’lumoti: Oliy

Oliy ta’lim muassasalari:

Moskva aviatsiya instituti — 1992-yil, kunduzgi ta’lim;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi — 2008-yil, kunduzgi ta’lim.

Mutaxassisligi: Muhandis-elektromexanik; davlat va jamoat qurilishi
Chet tillari: Ingliz tili, fransuz tili
Harbiy (maxsus) unvoni: Yo‘q
Ilmiy darajasi: Yo‘q
Ilmiy unvoni: Yo‘q
Davlat mukofotlari: Yo‘q

Mehnat faoliyati

1986–1992-yillar — Moskva aviatsiya instituti talabasi.

1992–1996-yillar — Moskva shahridagi “Atlant” aksiyadorlik jamiyati sanoat-qurilish kompaniyasida tijorat masalalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.

1996–1998-yillar — Buxoro shahridagi “Ali Nemat” xususiy firmasi direktori.

1998-yil — “Buxoro yog‘-ekstraksiya zavodi” aksiyadorlik jamiyatining mineral suv sexida ta’minotchi.

1998–1999-yillar — “Buxoro yog‘-ekstraksiya zavodi” aksiyadorlik jamiyatining mineral suv sexida katta usta.

1999–2000-yillar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zaeronavigatsiya” markazi aloqa-radiotexnika uskunalaridan foydalanish bazasi Toshkent mintaqaviy filialida aloqa muhandisi.

2000–2015-yillar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zaeronavigatsiya” markazi Toshkent mintaqaviy filialida aloqa boshlig‘i.

2015–2016-yillar — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zaeronavigatsiya” markazi parvozlarni radiotexnik ta’minlash kompleksi boshlig‘i o‘rinbosari.

2017–2018-yillar — “Merkuriy Network” MChJ direktor o‘rinbosari.

2018–2019-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O‘zaeronavigatsiya” markazi davlat unitar korxonasi parvozlarni radiotexnik ta’minlash aloqa bog‘lamasida korporativ telefon aloqasini ta’mirlash guruhi yetakchi muhandisi.

2019–2020-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi.

2021–2026-yillar — “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i.

2026-yil 3-fevraldan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori.

Kasbiy faoliyati

Alisher Nematilloevich Klichev aviatsiya, aeronavitsiya, telekommunikatsiya va aeroport boshqaruvi sohalarida ko‘p yillik amaliy hamda rahbarlik tajribasiga ega mutaxassis.

Uning professional faoliyati aviatsiya infratuzilmasi, aloqa va radiotexnika tizimlari, parvozlarni radiotexnik ta’minlash, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari hamda aeroport boshqaruvi yo‘nalishlarini qamrab oladi.

2019–2020-yillarda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

2026-yil 3-fevraldan “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.