-1.webp%3F2026-10-20T11%253A43%253A26.419Z&w=3840&q=85)
HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH UCHUN MUHIM UCHRASHUV!
Nashr qilingan sana
HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH UCHUN MUHIM UCHRASHUV!
Navoiy xalqaro aeroportida viloyat eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etish hamda yuk tashish xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alisher Klichev rahbarligida bojxona boshqarmasi xodimlari va mas’ul vakillar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda viloyatdagi eksportyorlar, tadbirkorlar, shuningdek, kuryerlik, pochta jo‘natmalari va yuk tashish (kargo) xizmatlaridan foydalanish istagida bo‘lgan 30 nafardan ziyod fuqaro qatnashdi.
Muloqot davomida Navoiy xalqaro aeroporti tizimida yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, yuklarni qabul qilish, saqlash hamda tashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, aeroport xizmatlaridan foydalanish orqali yuk tashish xarajatlarini kamaytirish, logistika jarayonlarini samarali tashkil etish va eksport-import operatsiyalarini yanada qulay amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga Navoiy xalqaro aeroporti orqali yuk tashish xizmatlaridan foydalanishda narx jihatidan mavjud afzalliklar tushuntirilib, aeroportning yuk terminali imkoniyatlari va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari tanishtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar va eksportyorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda aeroport xizmatlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarning savol va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi, ko‘tarilgan muammolarning ayrimlari esa joyida hal etildi.
Yakunida ishtirokchilar hamkorlikka taklif etilib, Navoiy xalqaro aeroportining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash hamda hududning transport-logistika salohiyatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Navoiy xalqaro aeroporti tadbirkorlar va eksportyorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, yuk tashish xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududning iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi.






-1.webp%3F2026-10-20T11%253A43%253A42.287Z&w=3840&q=85)
.webp%3F2026-10-20T11%253A41%253A47.689Z&w=3840&q=85)
.webp%3F2026-10-20T11%253A42%253A10.036Z&w=3840&q=85)
.webp%3F2026-10-20T11%253A42%253A34.976Z&w=3840&q=85)
.webp&w=3840&q=75)