
adasdasdasdasda
Nashr qilingan sana
.jpg%3F2026-03-22T19%253A39%253A50.429Z&w=3840&q=85)
Avvalo, Siz azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganiga 36-yil to‘lishi va ushbu qonunda belgilab berilgan “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Inson uchun o‘z Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va qadrli bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.
Asrlar osha xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir. Zotan, tilimiz – Konstitutsiyamiz, gerbimiz va bayrog‘imiz kabi milliy mustaqilligimizning yorqin timsolidir.
Bu borada Davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi”, degan dono o‘gitlari barchamiz uchun dasturu-amal bo‘lishi kerak.
Hammamizga ayonki, ko‘p millatli xalqimiz, xususan, tashkilotimiz jamoasini yuksak ma’rifatli jamiyat barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida jipslashtirish, yurtdoshlarimiz qalbiga yagona Vatan, umumiy farovon kelajak tuyg‘usini singdirishda o‘zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egadir.
Hurmatli aviatsiya sohasi xodimlari, aziz do‘stlar, fursatdan foydalanib, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha hamkasblarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlat tili faqatgina soha mutaxassislarinin