
JetMate Aviation FZE kompaniyasi vakili Navoiy xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi
Nashr qilingan sana
Bugun JetMate Aviation FZE kompaniyasining Mintaqaviy direktori Solmaz Shirinzade rasmiy tashrif bilan "Navoiy xalqaro aeroporti" MChJga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida aeroportning tijorat faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Navoiy xalqaro aeroportining mintaqadagi aviatsiya va logistika markazi sifatidagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 yangi yo‘lovchi va yuk tashuvchi aviakompaniyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish;
🔹 aeroportning tranzit va logistika bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;
🔹 "Navoiy xalqaro aeroporti" MChJ hamda JetMate Aviation FZE o‘rtasida uzoq muddatli tijorat hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
🔹 JetMate Aviation FZE xalqaro hamkorlik tarmog‘i orqali jalb qilinadigan aviakompaniyalar uchun tijorat rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
🔹 Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Xitoy va Yevropa bozorlarida qo‘shma marketing loyihalarini amalga oshirish;
🔹 hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy "yo‘l xaritasi", amalga oshirish muddatlari va keyingi bosqichlarni kelishib olish.
Mazkur tashrif Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi aviakompaniyalarni jalb etish hamda aeroportning xalqaro multimodal aviatsiya-logistika xabi sifatidagi salohiyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
