Nurmatov Azizbek Alijanoviç

Nurmatov Azizbek Alijanoviç

“Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ direktori birinçi örinbosari

Lavozimi: Birinçi örinbosar
Lavozimga tayinlangan sana: 2026-yil 1-iyun

Maʼlumoti

Tuğilgan sana: 1985-yil 1-yanvar
Tuğilgan joyi: Buxoro şahri, Buxoro viloyati
Millati: Özbek
Partiyaviyligi: ÖzLiDeP
Maʼlumoti: Oliy
Oliy taʼlim muassasasi: Toşkent davlat aviatsiya instituti
Tamomlagan yili: 2006-yil, kunduzgi taʼlim
Mutaxassisligi: Aviatsiya va raketa-kosmik texnikasidan foydalaniş
Çet tillari: Rus tili, ingliz tili
Harbiy (maxsus) unvoni: Yöq
Ilmiy darajasi: Yöq
Ilmiy unvoni: Yöq
Davlat mukofotlari: Yöq

Mehnat faoliyati

2002–2006-yillar — Toşkent davlat aviatsiya instituti talabasi.

2007–2008-yillar — “Buxoro” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasining “Harbiylaştirilgan qöriqlaş” xizmatida öqçi-öt öçiruvçi.

2008–2015-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasining havo kemalariga tezkor texnik xizmat körsatiş sexida uçiş apparatlari va dvigatellari böyiça 4-razryadli aviatexnik.

2015–2017-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasi perron-texnika brigadasida 4-razryadli, 1-klass aviatsiya mexanigi.

2017–2018-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi.

2018–2019-yillar — “Navoiy” xalqaro aeroporti davlat unitar korxonasida boş muhandis vazifasini bajaruvçi.

2019–2021-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJda boş muhandis vazifasini bajaruvçi.

2021–2022-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ boş mexanika xizmati boşliği.

2022–2026-yillar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ direktorining işlab çiqariş böyiça birinçi örinbosari.

2026-yil 1-iyundan hozirgi vaqtga qadar — “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ direktorining birinçi örinbosari.

Kasbiy faoliyati

Azizbek Alijanoviç Nurmatov aviatsiya sohasida köp yillik amaliy va boşqaruv tajribasiga ega mutaxassis.

Uning professional faoliyati havo kemalariga texnik xizmat körsatiş, aviatsiya mexanikasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, aeroportning texnik va işlab çiqariş jarayonlari hamda boşqaruv yönalişlarini qamrab oladi.

Ayni paytda “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ direktorining birinçi örinbosari sifatida aeroport faoliyatining strategik va işlab çiqariş yönalişlarini muvofiqlaştirişda iştirok etadi.