Yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida yer usti xizmatlari xavfsizligi va sifatini oşiriş yölida muhim qadam

Naşr qilingan sana

← Barça yangiliklar

Navoiy xalqaro aeroportida yer usti xizmatlari xavfsizligi va sifatini oşiriş yölida muhim qadam

Navoiy xalqaro aeroportida yer usti xizmatlari xavfsizligi va sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş hamda IATA ISAGO dasturi doirasida auditdan ötiş va tegişli röyxatdan ötiş (akkreditatsiya) jarayoniga tayyorgarlik köriş maqsadida konsalting xizmatlarini körsatuvçi kompaniya bilan şartnoma tuzildi.

Mazkur hamkorlik doirasida aeroportning yer usti xizmatlari faoliyatini xalqaro talablar asosida takomillaştiriş, amaldagi jarayonlarni tahlil qiliş, xavfsizlik boşqaruvi tizimini mustahkamlaş, operatsion tartib-taomillarni standartlaştiriş hamda xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oşirişga qaratilgan işlar amalga oşiriladi.

Maʼlumot uçun: ISAGO (IATA Safety Audit for Ground Operations) — Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan işlab çiqilgan, aeroportlarda yer usti xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar faoliyatining xavfsizligi, samaradorligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholaşga qaratilgan global audit dasturidir. Dastur yer usti operatsiyalarida xavfsizlik xatarlarini kamaytiriş, boşqaruv tizimlarini takomillaştiriş, xizmat körsatiş jarayonlarini standartlaştiriş hamda xalqaro aviatsiya amaliyotidagi ilğor tajribalarni joriy etişni közda tutadi.

ISAGO talablari taşkilotning boşqaruv va xavfsizlik tizimlari, yölovçilarga xizmat körsatiş, bagaj bilan işlaş, perron operatsiyalari, yuklarni qayta işlaş hamda boşqa tegişli yer usti xizmatlari jarayonlarini qamrab oladi.

Mazkur taşabbus Navoiy xalqaro aeroportida xizmatlar sifati va operatsion xavfsizlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, xalqaro aviatsiya hamjamiyatidagi işonçni mustahkamlaş hamda aeroportning global aviatsiya standartlariga muvofiq rivojlanişiga xizmat qiladi.

Navoiy xalqaro aeroportida yer usti xizmatlari xavfsizligi va sifatini oşiriş yölida muhim qadam · 1