
MUHIM UÇRAŞUV!
Naşr qilingan sana
MUHIM UÇRAŞUV!
Navoiy xalqaro aeroporti direktori Alişer Kliçev UNODC vakillari bölgan Laura Skotto di Klemente va Irina Lini qabul qildi.
Dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalar muhokamasiga boy bölgan uçraşuv davomida mehmonlar aeroportning mavjud imkoniyatlari, infratuzilmasi hamda amalga oşirilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanişdi.
Xususan, Strategik muhim xomaşyo resurslari xavfsizligini taʼminlaş markazi vositasida strategik ahamiyatga ega xomaşyo mahsulotlarini yetkazib beriş zanjirlarini takomillaştiriş, ularning bir davlatdan ikkinçisiga taşilişida xavfsizlikni taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar aeroport faoliyati, yuklarni qabul qiliş va jönatiş jarayonlari, logistika imkoniyatlari hamda strategik ahamiyatga ega yuklar xavfsizligini taʼminlaş mexanizmlari yuzasidan özlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar. Savollarga aeroport direktori va masʼul vakillar tomonidan atrofliça tuşuntirişlar berildi.
Taʼkidlaş joizki, Navoiy xalqaro aeroportining qulay geografik joylaşuvi, rivojlanib borayotgan logistika infratuzilmasi va xalqaro yuk taşiş yönalişlaridagi salohiyati uni Markaziy Osiyodagi muhim transport-logistika markazlaridan biriga aylantirmoqda.
Uçraşuvda aeroport faoliyatida sönggi davrda amalga oşirilayotgan izçil özgarişlar, xizmat körsatiş imkoniyatlarining kengayişi va rivojlaniş surʼatlari ham alohida eʼtirof etildi.
Mazkur muloqot nafaqat mavjud imkoniyatlar bilan tanişiş, balki kelgusidagi istiqbolli rejalar va özaro manfaatli hamkorlik yönalişlarini belgilab oliş uçun ham muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, bugungi strategik muloqot ertangi yirik hamkorlik loyihalariga mustahkam poydevor bölişi mumkin.


